Hind to‘ylari – endi "soxta" bayram

Hind to‘ylari – endi "soxta" bayram
Hind to‘ylari – endi "soxta" bayram
Hindistonda an’anaviy to‘y marosimlariga taqlid qilinadigan yangi trend – “soxta to‘y”lar keng ommalashmoqda. Bu marosimlarda haqiqiy kuyov-kelin bo‘lmaydi, biroq to‘yga xos atmosfera – milliy liboslar, raqslar, hindcha musiqalar va milliy taomlar bilan bezatilgan ziyofat kechasi tashkil etiladi.

Bunday tadbirlar Dehli, Mumbay, Bangalor kabi yirik shaharlarda o‘tkazilmoqda va asosan yoshlar orasida mashhurlikka erishmoqda. Chipta narxi joyiga qarab 1 500 rupiyadan 15 000 rupiyagacha(taxminan 210 ming so‘mdan 2,1 million so‘mgacha) boradi. Tashkilotchilar bunday bayramlar orqali odamlarga to‘y tantanasi hissiyotini hech qanday rasmiyatchilik, marosim va bosimsiz taqdim etmoqchi.

Tadbirlar mehmonxonalar, klub va agentliklar tomonidan uyushtirilmoqda. Ba'zilar bu orqali ilgari xarid qilingan qimmatbaho milliy kiyimlarni yana kiyish imkoniyati borligini, ayrimlar esa bu bayramlarda oila bosimi yo‘qligini afzallik sifatida ko‘rsatmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, bu trend vaqtinchalik bo‘lishi mumkin, ammo Hindistonning 130 milliard dollarlik to‘y sanoati uchun yangi bozor segmentiga aylanish ehtimoli ham mavjud.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar