Turkiyaning so‘nggi yillarida eng ko‘p muhokama qilinayotgan yosh aktyorlaridan biri — Mert Ramazan Demir 1998 yil 28 yanvarda Istanbulning Shile tumanida tug‘ilgan. U oiladagi olti farzandning kenjasi bo‘lib, asli Van shahrilik. Otasi tadbirkor, onasi esa uy bekasi.
Bolalikdan san’atga qiziqqan Demir aktyorlikka bo‘lgan jiddiy havasini keyingi yillarda rivojlantirdi. U Dialog Nutq Kommunikatsiya markazi va Michelle Danner Acting Studio‘sida ta’lim oldi va maktab sahnasidan o‘z yo‘lini boshladi.
2019 yilda “I Am You” filmi orqali katta ekrandagi ilk bosh rolini ijro etdi. Keyin turli teleloyihalarda ikkinchi darajali rollarda ko‘rinib, mahoratini oshirdi. Ammo unga haqiqiy shuhratni 2022–2025 yillarda efirga uzatilgan romantik drama “ Yalı Çapkını'’ini olib keldi, unda u Ferit Korhan obrazini yaratdi.
2020 yilda “O‘qituvchi” (“Öğretmen”) serialda Atesh rolini o‘ynagan Demir hozir Turkiya televideniyesining eng istiqbolli yulduzlaridan biri sifatida tan olingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!