“Oppenxaymer” va “Peaky Blinders”dagi obrazlari bilan keng tanilgan irland aktyori Killian Merfi Netflix’ning yangi “Stiv” dramasi uchun ilk treylerda namoyon bo‘ldi.
Syujet 1990 yillarda, muammoli o‘smirlar uchun mo‘ljallangan ingliz maktabida kechadi. Asosiy qahramon Stiv (Killian Merfi) – axloq tuzatish muassasasi direktori bo‘lib, uni yopilishdan asrab qolishga bor kuchini sarflaydi. Shu bilan birga, u o‘zining ichki psixologik muammolari bilan ham kurash olib boradi. Film Maks Porterning “Uyatchan” asari asosida ishlangan.
Premyera sanasi 3 oktabr etib belgilangan. Ma’lum bo‘lishicha, filmda Sillian Merfi bilan bir qatorda Jey Likurgo, Treysi Ullman, Simbi Ajikavo va Emili Uotson ham ishtirok etadi. “Stiv” kartinasini Tim Mielants suratga olgan bo‘lsa, ssenariy muallifi va ijrochi prodyuser sifatida Maks Porter ishlagan.
Manba: Peopletalk
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!