Mashhur qo‘shiqchi Feduk va Sasha Novikovaning qizi, uch yoshli Nina ilk bor otasining konsertida qatnashdi. Qizchaning otasini sahnada ko‘rib quvonchdan cheksiz hayajonlangan onlari videoga tushib, ijtimoiy tarmoqlarda baham ko‘rildi, deb yozmoqda Peopletalk.
Kadrlar orqali ko‘rish mumkinki, Nina baland ovozdan maxsus naushniklar yordamida himoyalangan, biroq bu unga konsertning zavqini his qilishga to‘sqinlik qilmadi. Dastlab qizchaga otasi nega bunchalik uzoqda ekanini tushunish qiyin bo‘ldi. Ammo tanish ovozlar va u ilgari oilaviy davrada eshitgan qo‘shiqlar yangragach, Nina kayfiyati ko‘tarilib, raqsga tushishni boshladi va hattoki qo‘shiq kuylashga ham urinib ko‘rdi.
Feduk va Sasha 2018 yilda kiyim-kechak do‘konida tasodifan uchrashgan. Sasha akasi uchun sovg‘a tanlayotgan paytda tanishuv sodir bo‘lgan, keyinchalik ular ijtimoiy tarmoqlarda suhbatni davom ettirgan. Bu munosabatlarning boshlanishi edi. 2021 yil may oyida juftlik oila qurdi, yil oxirida esa Sashaning homiladorligi ma’lum bo‘ldi. 2022 yil martida Feduk otalik baxtiga muyassar bo‘ldi va qizlariga Nina ismini berishdi.
San’atkor va biznes sohibasi bo‘lgan Sasha safarga chiqishni, shuningdek, oilasi bilan vaqt o‘tkazishni juda yaxshi ko‘radi. Nina doimo mehribon ota-onasi bilan birga bo‘lib, ular uni e’tiborsiz qoldirmaydilar. Sasha tez-tez qizini ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatib turadi, bu orqali Fedukning unga bo‘lgan mehrini va otalikka xos samimiy munosabatini kuzatish mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!