Hande Erchel o‘zining iste’dodi va chehrasi bilan nafaqat Turkiya, balki butun dunyoda muxlislar diqqatini tortmoqda. Hatto uning xeyterlari ham qanchalik ko‘p bo‘lmasin, Hande turk yulduzlari orasida eng mashhur va e’tirof etilgan aktrisaga aylandi. Buni ko‘plab xalqaro mukofotlar, sodiq fanklub va aktrisaning Gollivuddagi hamkasblari bilan birga dunyodagi eng go‘zal aktrisalar ro‘yxatiga kirishi tasdiqlaydi.
IMDb (Internet Movie Database) sayti dunyodagi aktyorlar va kinosanoat xodimlari haqidagi eng keng ma’lumotlar bazasi hisoblanadi. Bu baza filmlar, seriallar, rejissyorlar, ssenariy mualliflari va turli kino loyihalari haqidagi ma’lumotlarni yig‘adi. Amazon kompaniyasi 1998 yilda IMDb saytini sotib olgan va hozir ham unga egalik qiladi. Sayt kino olamida eng ishonchli va yirik ma’lumot manbalaridan biri sifatida e’tirof etiladi.
Shu yilda IMDb sayti dunyodagi eng go‘zal aktrisalar ro‘yxatini e’lon qildi va Hande Erchel bu reytingda yagona turk ayoli sifatida o‘rin oldi. U Margo Robbi, Ana de Armas va Emma Uotson kabi xalqaro yulduzlar bilan bir qatorda o‘zining go‘zalligi va xarizmasi bilan e’tirof etildi. Ro‘yxatda Hande Erchel quyidagi aktrisalar bilan birga keltirilgan:
Margo Robbi
Sheylin Vudli
Dilrabo Dilmurat
Nensi Jevel Makdoni
Kriti Sanon
Haniya Aamir
Ana de Armas
Emma Uotson
Ember Xerd
Hande Erchel
Ma’lumot uchun, “Malikam, endi qara” va “Qalbim eshigini qoq” seriallari yulduzi Hande Erchel ilk marotaba shunday xalqaro reytinglarga kiryapti. Ikki yil oldin sun’iy intellekt yordamida tuzilgan reytingda esa Turkiya aktrisalari orasida Hande Erchel 1-o‘ringa munosib deb baholangan edi. Shuningdek, aktrisa Netizens Choice jurnali tomonidan tayyorlangan “Dunyoning eng go‘zal ayollari” reytingida ham 7-o‘rinni egallagan.
Bu yangilik nafaqat Hande Erchelning xalqaro obro‘si va mashhurligini ko‘rsatadi, balki turk kino sanoati uchun ham katta g‘alaba hisoblanadi. Muxlislar va kino hamjamiyati bu e’tirofni faxr bilan qarshi olmoqda va aktrisaning keyingi loyihalariga bo‘lgan qiziqish yanada ortib bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!