Aktyor Umid Iskandarov rafiqasi Renata Iskandarova bilan ajrashgani haqida mish-mishlar tarqalgan, biroq aktyor bunday gap-so‘zlarni inkor etib kelayotgan edi, deb yozadi «Darakchi.uz».
Bugun Umid Iskandarovning rafiqasi Renata Iskandarova tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Aktyor rafiqasini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali tabrikladi. Umid Iskandarov she’riy tabrigida rafiqasiga hammaning xush ko‘rgan insoni, kimdir uchun esa eng sevimli bo‘lishni, g‘am chekmaslik va baxtli kunlarni unutmaslikni tilagan.
Renata Iskandarova mazkur tabrikka javoban “Rahmat, Umid, ta’sirli she’r uchun!”,—deb yozib qoldirgan.
Renataning yaqin dugonasi, aktrisa Shahzoda Matchonovaning tabrigi e’tiborimizni tortdi. Mazkur tabrikda Shahzoda Renataga hayotida uni butun qalbi bilan sevadigan inson bo‘lishini tilagan.
“Mening qadrli insonim! Bizning qo‘g‘irchog‘imiz, tug‘ilgan kuning bilan! Hayoting o‘zing kabi chiroyli bo‘lsin! Har doim hayotdan mamnun, yorqin va samimiy tabassum qiluvchi inson bo‘l! Hayotingda butun qalbi bilan seni sevadigan inson bo‘lsin!”,—deb yozdi Shahzoda Matchonova. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?