date

Ozodbek Nazarbekovning "Uyg‘on o‘g‘lim" nomli yangi musiqiy videoklipi namoyish etildi (video)

Ozodbek Nazarbekovning "Uyg‘on o‘g‘lim" nomli yangi musiqiy videoklipi namoyish etildi (video)

Mustaqillik bayrami arafasida O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ijrosidagi yangi “Uyg‘on, o‘g‘lim” videoklipi premyera qilindi.

Asar sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida tayyorlangan bo‘lib, unda Amir Temur, Al-Xorazmiy va jadidchilik harakati vakillari kabi tarixiy shaxslar tasvirlari qayta jonlantirilgan.

Klip orqali yoshlarimiz zamon bilan hamnafas bo‘lish bilan birga, buyuk ajdodlar merosi va ildizlarini unutmaslikka da’vat etiladi, deya ta’kidlanadi

Qo‘shiq mazmun jihatidan milliy ruh, g‘urur va vatanga muhabbat tuyg‘ularini o‘zida mujassam etgan.

Loyiha mualliflari:

  • g‘oya va rejissyor — Rauf Nabiyev,
  • she’r muallifi — Botir Ergashev,
  • bastakor — Abzal Xusanov.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ozodbek Nazarbekovning "Uyg‘on o‘g‘lim" nomli yangi musiqiy videoklipi namoyish etildi (video)