
O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov 17 dekabr, shanba kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobodda konsert dasturini taqdim etdi. Bu haqda Atavatan Turkmenistan nashri xabar bermoqda.
Konsert Ashxoboddagi 10 ming tomoshabinga mo‘ljallangan Qishki sport turlari saroyida bo‘lib o‘tgan.
Xabar berishlaricha, Ozodbek Nazarbekov konsert davomida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov so‘zi va musiqasi bilan yozilgan qo‘shiqni ham kuylab, «tomoshabinlarning katta olqishiga sazovor bo‘lgan».
Instagram’da Ozodbek Nazarbekovning Turkmanistondagi konsertidan videoparchalar e’lon qilingan.
«Yuqori haroratda sahnada! Sog‘lig‘ining yomonlashgani, kasallik ham san’atkorning konsertiga to‘sqinlik qila olmadi!», — deb yozadi Instagram’dagi @fattohhoncom sahifasi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar