date

“Demon Slayer” filmi Amerikada rekord pul ishlab topdi

“Demon Slayer” filmi Amerikada rekord pul ishlab topdi

Sony Pictures'ning "Kimetsu no Yaiba Infinity Castle" filmi Shimoliy Amerikada yirik muvaffaqiyat qozondi. Kartina faqat ochilish haftasidayoq AQSH va Kanadada 70 million dollar daromad topib, 1999 yildagi "Pokemon: The First Movie — Mewtwo Strikes Back" o‘rnatgan 31 million dollarlik rekordni ortda qoldirdi.

Box Office Pro bu filmdan 60–75 million dollar atrofida sotuv kutayotganini aytgandi, natija esa kutilganidan yuqori bo‘ldi.

“Demon Slayer” mashhur yapon komiksiga asoslangan bo‘lib, 220 milliondan ortiq nusxada sotilgan. Uning asosida seriallar, o‘yinlar va boshqa filmlar ham yaratilgan. Yangisi esa Crunchyroll orqali tarqatilgan trilogiyaning birinchi qismi bo‘lib, jahon bo‘ylab 280 million dollarga yaqin tushum qayd etdi.

Mutaxassislar fikricha, “Demon Slayer” anime dunyosida sifat va ommaboplikning yangi bosqichini ochdi. Shu bilan birga, Sony kompaniyasi bu yo‘nalishda o‘z kuchini Netflix uchun ishlangan "KPop Demon Hunters”, filmida ham namoyon qilgandi.

Anime janrining ommalashishi Sony'ning umumiy biznesiga katta ta’sir ko‘rsatib, uning o‘yin, musiqa, kino va televideniye sohalaridagi ulushini sezilarli oshirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Demon Slayer” filmi Amerikada rekord pul ishlab topdi