date

Rayan Gosling bilan “Yulduzli janglar”dan yangi kadar chiqdi

Rayan Gosling bilan “Yulduzli janglar”dan yangi kadar chiqdi

Gollivud yulduzi Rayan Gosling bosh qahramon sifatida ishtirok etayotgan “Yulduzli janglar” franshizasining o‘ninchi qismi — “Yulduzli janglar: Jangchi” filmining suratga olish ishlari boshlandi.

Film rejissyori Shon Levi ijtimoiy tarmoqda maydondan olingan yangi suratni taqdim etdi. Kadrda Rayan Gosling va yosh aktyor Flinn Grey jozibali dengiz manzarasi orqa fonida, biroz eskirgan liboslarda namoyon bo‘lishgan. Levi suratga “O‘rta yer dengizining bir go‘shasida” deb izoh qoldirib, joyni ham ochiqladi — Sardiniya, Italiya.

Aprel oyida Rayan Goslingning mashhur franshiza safiga qo‘shilgani haqidagi xabar keng yoyilgan edi. Kartinaning ssenariysi Shon Levi va Jonatan Tropper tomonidan yozilgan.

Jahon premerasi 2027 yil 28 mayga belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Rayan Gosling bilan “Yulduzli janglar”dan yangi kadar chiqdi