date

Tim Burton va Monika Belluchchi ajrashdi: hurmat bilan yakun

Tim Burton va Monika Belluchchi ajrashdi: hurmat bilan yakun

Mashhur Gollivud rejissyori Tim Burton va italiyalik kino yulduz, model Monika Belluchchi o‘z munosabatlarini yakunlaganini ma’lum qilishdi. Ularning AFPga bergan qo‘shma bayonotida, ajralish qarori “o‘zaro chuqur hurmat va e’tibor bilan” qabul qilingani ta’kidlangan.

Burton va Belluchchi o‘rtasidagi ishqiy aloqalar 2023 yilda tasdiqlangandi. Oradan ko‘p o‘tmay, Monika mashhur 1988 yilgi kult asarining davomi hisoblangan “Beetlejuice” komediya-qo‘rqinchli filmida rol ijro etdi. Aktrisa filmda Maykl Kiton obrazidagi sobiq eridan qasos olishga intiladigan yovuz maxluq Delores rolini gavdalantirdi.

Belluchchi uchun bu birinchi katta ajralish emas. U ilgari fransuz aktyori Vinsent Kassel bilan 14 yil turmush qurgan va 2013 yilda nikoh rasman tugagan. Ushbu munosabatdan ikki farzandi bor. Tim Burton esa Monikadan avval britaniyalik aktrisa Helena Bonham Karter bilan uzoq muddatli hamkorlik va shaxsiy hayotini bog‘lagan, ulardan ham ikki farzandi mavjud.

Burton o‘zining o‘ziga xos rejissyorlik uslubi, gotika, komediya va fantaziya unsurlarini uyg‘unlashtirgan filmlari bilan jahon kinosida katta shuhrat qozongan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Tim Burton va Monika Belluchchi ajrashdi: hurmat bilan yakun