Alisher Navoiy nomli kino saroyida rejissyor Abduvohid G‘anievning “Ustyurtga yo‘l” deb nomlangan film taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Mazkur film “O‘zbekkino” milliy agentligining buyurtmasi bilan “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasida suratga olingan.
Filmda bosh rollarni Akbarxo‘ja Rasulov, Adiz Rajabov, Kupjursin Allanazarov, Shahzoda Matchonova, Nargiza Salmonova, Abduraim Abduvahobov, Bazarbay Nazarimbetov singari aktyor va aktrisalar ijro qilishgan.
Taqdimotga musiqa va kino olami vakillari, xususan Madina Mumtoz, Akbarxo‘ja Rasulov, Adiz Rajabov, Shahzoda Matchonova, Nargiza Salmonova, Abduraim Abduvahobov, Hilol Nasimovlar mehmon bo‘lishdi.
Bundan tashqari taqdimotda Uz-Kor Gaz Chemical O‘zbekiston-Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi boshqaruvi raisi Li Xong Yol ham ishtirok etdi.
Film haqida bosh rol ijrochisi Akbarxo‘ja Rasulov shunday deydi:
“Filmda o‘z ishining fidoyisi obrazini gavdalantirganman. Bu inson haqiqatdan ham Uz-Kor Gaz Chemical O‘zbekiston-Janubiy Koreya qo‘shma korxonasida faoliyat yuritadigan, hayotda bor inson. Filmni suratga olish bahonasida balki umrim mobaynida yo‘lim tushmaydigan, ko‘rmaydigan go‘zal maskanlarni ko‘rdim. Faqatgina kitoblarda o‘qigan «Borsa-kelmas» degan joydagi “Tuz koni”ga bordik. So‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydigan darajada hayratlanarli voqealar juda ko‘p bo‘ldi. Film haqida, voqealar rivojini muxlislarimiz filmni ko‘rib o‘zlari baho berishlari mumkin.”
Film 21 dekabrdan boshlab yurtimiz kinoteatrlarida namoyish qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?