date

Xonanda Mirjalol Nematov mualliflik huquqini buzganlikda ayblanib, jarimaga tortildi

Xonanda Mirjalol Nematov mualliflik huquqini buzganlikda ayblanib, jarimaga tortildi

Xonanda Mirjalol Nematov mualliflik huquqini buzgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ma’lum qildi, deb yozmoqda Uz24 nashri.
Ma’lum bo‘lishicha, shoir Farxod Muminovning “Qo‘shni qiz” va “Men turganda” nomli she’rlari Mirjalol Nematov tomonidan muallif ruxsatisiz ijro etilgan.
Bu holat bo‘yicha Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati murojaat qilganidan so‘ng huquqiy tekshiruv o‘tkazilib, MJtKning 177¹-moddasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.
Uchtepa tuman sudining qaroriga ko‘ra, xonandaga ushbu moddaning birinchi qismi asosida jarima jazosi qo‘llanildi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu holat ijodkorlarning huquqlarini himoya qilish va noqonuniy ijroga qarshi qat’iy chora sifatida baholanmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xonanda Mirjalol Nematov mualliflik huquqini buzganlikda ayblanib, jarimaga tortildi