date

Netflix “Stranger Things” serialining oxirgi fasliga $400 million sarfladi

Netflix “Stranger Things” serialining oxirgi fasliga $400 million sarfladi

Netflix mashhur “G‘aroyib narsalar” (Stranger Things) serialining so‘nggi mavsumi uchun kamida 400 million dollar sarflagani ma’lum bo‘ldi, deb yozadi The Hollywood Reporter.

Manbalarga ko‘ra, beshinchi faslning har bir epizodi 50–60 million dollar atrofida tushgan. Taqqoslash uchun, to‘rtinchi mavsumda Netflix har bir qism uchun o‘rtacha 30 million dollar sarflagan edi. Demak, yangi fasl kompaniya tarixidagi eng qimmat seriallardan biri bo‘ladi.

So‘nggi mavsum sakkizta epizoddan iborat bo‘lib, ularning davomiyligi bir yarim soatdan ikki soatgacha cho‘ziladi. Serial uch bosqichda efirga uzatiladi:

  • birinchi to‘rt qism — 26 noyabrda,
  • keyingi uchta qism — 25 dekabrda,
  • yakuniy final esa — 31 dekabrda namoyish etiladi.

Voqealar 1987 yil kuzida, to‘rtinchi fasl voqealaridan so‘ng davom etadi. Qahramonlar yo‘qolgan Vecna'ni topish va yakuniy jangda birlashish uchun yana saf tortadilar.

Serialni suratga olish ishlari 2024 yil dekabrda yakunlangan. Shahar politsiyasi boshlig‘i Jim Xopper obrazini yaratgan aktyor Devid Xarbor so‘zlariga ko‘ra, final shu qadar ta’sirli bo‘lganki, aktyorlar ssenariyni o‘qir ekan, ko‘z yoshlarini tiya olmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Netflix “Stranger Things” serialining oxirgi fasliga $400 million sarfladi