
Amerikalik xonanda Janet Jekson ilk marotaba ona bo‘ldi. 50 yoshli xonanda 3 yanvar, seshanba kuni o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Janet Jekson va uning turmush o‘rtog‘i Vissam al-Mana o‘g‘illari Issa al-Mananing dunyoga kelishini intizorlik bilan kutgan edi.
«Ayni paytda ona va bolaning ahvoli qoniqarli. Ular shifokorlar nazorati ostida», — deyiladi xabarda.
Janet Jekson 2012 yilda qatarlik tadbirkor Vissam al-Mana bilan turmush qurgan edi. Uning homiladorligi may oyida ma’lum bo‘lgan edi.
Janet Jekson — 2009 yilda vafot etgan pop musiqa qiroli Maykl Jeksonning singlisi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar