Umid Iskandarov hamda shou-biznes olamidagi eng ko‘zga ko‘ringan pardozchilardan biri bo‘lmish Renata Iskandarovaning oilasiga darz ketgani haqida turli mish-mishlar tarqalgan edi. Aslida, bu gap-so‘zlar bundan roppa-rosa 1 yil oldin, 2016 yilning yanvar oyida boshlangan edi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.
O‘tgan yilning yanvar oyida mish-mishlarga oydinlik kiritish maqsadida tahririyatimiz xodimlari Umid hamda Renata bilan bog‘langanishganda, ajrim haqidagi gaplar yolg‘on ekanini, ular baxtli hayot kechirayotganliklarini aytishgandi.
Oradan 1 yil o‘tib, kecha, 3 yanvar kuni Umid Iskandarov bilan tahririyat bog‘langanida mutlaqo boshqa javobni bergan.
“Men bu kabi mish-mishlar barchani qiziqtirishini tushunaman. Ammo mening hayotim va oilaviy masalalarimga hech kim aralashmasligini istardim. Aslida muxlislarni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan juda mavzular ko‘p. Men ajrim borasida hech narsani gapirishni istamayman. Buni to‘g‘ri tushunishadi, degan umiddaman” deydi Umid Iskandarov.
O‘tgan yili baxtli ekanini, tarqalgan mish-mishlar yolg‘on ekanini aytgan aktyor bu safar hech qanday izoh berishni istamadi.
Eslatib o‘tamiz, ajrim haqidagi gaplarning yanada jonlanishiga Umid va Renataning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylashtirilayotgan suratlari, izohlari, yaqinlarining ular haqidagi fikrlari sabab bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Global Janub kimniki?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi