
O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullaeva yosh xonandalardan birini o‘zi uchun qayta kashf qilganini aytdi. Nasiba Abdullaeva xonanda Shohruhxonning “Aldamadim” qo‘shig‘ini maroq bilan tinglayotganini ma’lum qildi, deb yozadi “Darakchi” nashri.
“Haqiqatdan ham bu qo‘shiqni juda mazza qilib tinglayapman. Ishonsangiz, mashinada Samarqanddan Toshkentga kelgunga qadar qayta-qayta tinglab, Shohruxxonga jo‘r bo‘lib kuylab keldik. Ayniqsa, musiqa qismini eshitganimda ko‘nglim yayradi. Bu qo‘shiqning musiqasida o‘zimga yaqin ohanglarni topganday bo‘ldim. Hamma san’atkorlar bilan salom-alik qilamiz, kuylagan qo‘shiqlarini eshitamiz. Biroq birgina musiqa ikki ijodkorni o‘zi sezmagan holda yaqinlashtirib qo‘yar ekan. ‘Aldamadim’dan keyin men Shohruxxoni o‘zim uchun qayta kashf qildim”—deydi Nasiba Abdullaeva “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida.
Nasiba Abdullaeva bilan intervyuning to‘liq talqinini “Darakchi” gazetasining 5 yanvar, payshanba kuni sotuvga chiqadigan 1-sonida o‘qishingiz mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar