Bugun, 9 yanvar kuni “Bayram” guruhi sozandasi Ravshan Hojiakbarov 44 yoshida vafot etdi. Bu haqda Qalampir.uz sayti xabar berdi.
Xabar qilishlaricha, Yangi yil bayramidan so‘ng Ravshan Hojiakbarovning qon bosimi tushib ketgan. Sozanda insultga chalinib, Olmaliqdagi shifoxonaga yotqizilgan. Chap oyoq-qo‘linini ishlatolmay qolgan Hojiakbarovning ko‘p o‘tmay sog‘lig‘i tiklana boshlagan. Shifokorlar esa kelasi hafta uni jonlantirish bo‘limidan palataga olishlarini ma’lum qilishgan. Biroq bugun bemorning joni uzilgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, ayni damda Ravshan Hojiakbarovning jasadi shifoxonada. Janoza esa ertaga, 10 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi aytilmoqda.
Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Ravshan Hojiakbarovning oila a’zolari yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?