O‘rgimchak-odam roli uchun nomzodlar aniqlandi

O‘rgimchak-odam roli uchun nomzodlar aniqlandi
O‘rgimchak-odam roli uchun nomzodlar aniqlandi

Sony va Marvel kompaniyalari O‘rgimchak-odam roliga yakuniy nomzodlar ro‘yxatini tuzib chiqdi. Bu haqda thewrap.com saytiga asoslanib Kun.uz xabar bermaqda.

Ro‘yxatda 5 aktyor, ya’ni Net Vulf, Eysa Batterfild, Tom Xolland, Timoti Shalame va Liam Jeyms nomlari kiritilgan bo‘lib, ular bilan yaqin 2-3 hafta oralig‘ida muzokaralarga kirishiladi.

Ta’kidlash joizki mazkur nomzodlar «Kapitan Amerika: Fuqarolar urushi» filmida O‘rgimchak-odam rolini ijro etishi kerak.

O‘rgimchak-odam haqida bundan avval ham ikki film suratga olingan bo‘lib, ulardagi qahramonlar rolini ijro etgan aktyor va aktrisalarning kelajakda bu loyihada qatnashishi noma’lumligicha qolmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar