
Aktrisa va bloger sifatida tanilgan, ijtimoiy tarmoqlarda «Xanna» nomi bilan mashhur bo‘lgan Xonzoda yana bir quvonchli xabar bilan muxlislari diqqat markazida. San’atkor 3-qizi Aslzodaning 2 yoshga to‘lgani munosabati bilan o‘z saxifasida samimiy video post qoldirdi.
Xonzodaning aytishicha, Aslzoda oiladagi eng erkatoy, harakatchan va quvnoq bolalardan biri. Shu bois uning har bir o‘sish pallasi onasi uchun alohida xotira hisoblanadi.
«Aslzoda 2 ga to‘ldi. Bolajonim, seni yaxshi ko‘raman, qizim», — deb yozdi Xonzoda video ostiga. Uning bu samimiy so‘zlari qisqa vaqt ichida minglab layk va izohlarni yig‘di. Muxlislar ham Aslzodani tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga chiroyli va shirin tilaklarini izhor etishdi.
Aslzodaning tug‘ilgan kun munosabati bilan olingan suratlar va videolar muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Sirli tabassumi, go‘zalligi va bolalik xonimligi bilan kichkina Aslzoda yana bir bor hammani o‘ziga rom etdi.

Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.