Nilufar Usmonovaning ilk bor sahnaga necha yoshida chiqqanini bilasizmi?

Nilufer Usmonova yaqinda "navoTV" ko'rsatuvida bolalik xotiralari haqida so'zlab berdi. U ilk bor 8 yoshida Xalqaro Do'stlik saroyida qo'shiq aytgan va bu tajriba san'atga bo'lgan muhabbatini kuchaytirgan. Hozirgi kunda sahnaga chiqishda hayajonlanishini aytib, bolalikdagi o'sha kichkina Nilufarni eslaydi va bu unga motivatsiya beradi.
O‘zbek estradasining yorqin yulduzi Nilufar Usmonova yaqinda “navoTV” ko‘rsatuviga bergan intervyusida bolalik xotiralarini eslab, ilk sahna tajribasi haqida qiziqarli ma’lumot bilan bo‘lishdi. Xonandaning aytishicha, u ilk bor 8 yoshida Xalqlar Do‘stligi saroyida qo‘shiq aytgan va o‘sha kun uning san’atga bo‘lgan muhabbatini yanada mustahkamlagan.
Nilufar Usmonova o‘sha yoshgina, ammo dadil sahnaga chiqqan qizaloq haqidagi xotirasini shunday ifodalaydi:
“Oldinlari bilinmasdi, hozir esa sahnaga chiqishimda hayajon bo‘ladi. Hayajonim kuchaygan paytlarda o‘sha kichkina Nilufarni eslayman, ko‘z oldimga keltiraman va shundan o‘zimga motivatsiya olaman”, — deydi xonanda.
Uning bu samimiy e’tirofi muxlislar orasida iliq kutib olindi. Chunki Nilufar Usmonovaning bugungi yutuqlari va professional sahnadagi ishonchi aynan bolalikdagi ilk qadamlardan boshlangani yana bir bor isbotlandi.






























Izohlar 0
…