date

Husnoraning “Ketaman” nomli yangi qo‘shig‘i yuraklarni titratdi (audio)

Husnoraning “Ketaman” nomli yangi qo‘shig‘i yuraklarni titratdi (audio)

Bloger va qo‘shiqchi Husnora Shodiyeva (Khusnorik) o‘zining navbatdagi yangi ijod mahsulini taqdim etdi. Uning premyera qilingan taronasi “Ketaman” deb nomlanadi.

Qo‘shiqning musiqasi va matni muallifi — Shaxboz Nosirjonov. Ijodkorning aytishicha, “ketish” — inson qalbidagi eng og‘ir, eng mushkul qarorlardan biri.

“Ketaman” oddiy musiqiy asar emas — u o‘chgan orzular, ortda qolgan xotiralar va noma’lum tomonga tashlangan jasur qadam haqida gapiradi. Har bir inson hayotida kamida bir bor “ketaman” deyishga majbur bo‘lgan lahzalar bo‘ladi. Bu bir og‘iz so‘z ortida esa juda katta dard, mas’uliyat va iroda yashiringani hammaga tanish.

Qo‘shiq ana shu tuyg‘ularni jonli ravishda aks ettirgani bilan tinglovchilar e’tiborini torta boshladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Husnoraning “Ketaman” nomli yangi qo‘shig‘i yuraklarni titratdi (audio)