Shahzoda Muhammedova qachon turmushga chiqishi haqidagi savolga javob berdi

Shahzoda Muhammedova qachon turmushga chiqishi haqidagi savolga javob berdi
Shahzoda Muhammedova qachon turmushga chiqishi haqidagi savolga javob berdi

Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova o‘ziga sarpo liboslarini tikishni boshlaganini ma’lum qildi.

Shahzoda Instagram`dagi sahifasida to‘yi qachon bo‘lishi haqidagi savollarga javob berdi, deydi "Darakchi" nashri.

“O‘zim uchun vanihoyat..."SHAXZODA" Boutique & Atelye zakazlaridan bo‘shab, endi sarpo liboslar va bosh kiyimlar tikyapman yarim tunda,—deb yozadi Shahzoda,—Ko‘plab savollarga javoban: Hamma ‘To‘yingiz qachon?’, deb so‘raydi. Alloh nasib etsa orzuimdagi vafodor, sadoqatli, ayolning qadriga yetadigan, madaniyatli, mehrli, haqiqiy lafzli, or-nomusli, qalbi va amali hamda vijdoni pok, haqiqiy mard erkak uchrasa, albatta turmush quraman”.
Shahzoda Muhammedova qachon turmushga chiqishi haqidagi savolga javob berdi

“Hozir esa yangi film uchun o‘zimga eskizlarim asosida sarpo liboslar tikyapman”,—deydi aktrisa so‘zini davom ettirar ekan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar