
Oq uy AQSH Prezidenti Donald Trampning Minecraft o‘yinidagi personaji rasmini e’lon qildi. Ushbu surat Oq uyning rasmiy ijtimoiy tarmog‘ida joylandi. Postda esa, “Amerikadagi eng pro-geymer Prezident!” degan yozuv ham qo‘shilgan.
Bu rasm va izoh AQSHda raqamli texnologiya sohasida ishlab chiqarish va tadqiqotlar uchun berilgan soliq imtiyozlarining videoo‘yinlar ishlab chiqarish hajmini oshirgani haqidagi xabarga javoban taqdim etilgan.
Minecraft – kubik shaklidagi bloklardan tashkil topgan va protsessual ravishda yaratilgan dunyolarni o‘rganish va o‘zlashtirishga asoslangan sandbox janridagi kompyuter o‘yini. Unda o‘yinchilar qurish, izlanish, jang qilish, omon qolish va o‘z g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish imkoniyatiga ega. Ushbu loyiha, shuningdek, ta’lim sohasida ham qo‘llaniladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.