14:22 / 05.05.2015
18 305

Munisa Rizaeva bo‘lajak turmush o‘rtog‘iga qo‘yadigan talablarini ma’lum qildi

Munisa Rizaeva bo‘lajak turmush o‘rtog‘iga qo‘yadigan talablarini ma’lum qildi

Xonanda va aktrisa Munisa Rizaeva o‘zining bo‘lajak turmush o‘rtog‘i qanday bo‘lishi kerakligi haqida ma’lumot berdi. Bu haqda «Bekajon» gazetasiga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.

«Bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘im oddiy ishda ishlasa-da kelgusida ro‘zg‘or aravasini tortib ketadigan, birovga qaram bo‘lmaydigan, aqli-hushi joyida bo‘lishi kerak, dedi xonanda. Otasining erkatoyi bo‘lib, bor pulini ko‘chaga sarflab yursa, oilam demasa, undan qanday qilib oilaboshi chiqadi? Agar uyim-joyim deydigan, oilaning kam-ko‘stini badastir qilib qo‘yadigan yigit bo‘lsa, menga san’atni tashla desa, tashlayman!

Ayrim xonandalar bilan gaplashib qolsam, oylab bolalarimni ko‘rmayman, deydi. Bu qanaqasi axir?! Daxshat! Men bunday bo‘lishini xohlamasdim. Ona bolalarining yonida bo‘lishi kerak! Yo‘q, men bolalarimni ko‘rmasdan yashay olmasam kerak».

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Munisa Rizaeva bo‘lajak turmush o‘rtog‘iga qo‘yadigan talablarini ma’lum qildi