20:19 / 07.02.2017
9 448

O‘zbekistonda "Yosh suxandonlar" tanlovi e’lon qilindi

O‘zbekistonda "Yosh suxandonlar" tanlovi e’lon qilindi

O‘zbekistonda "Yosh suxandonlar" tanlovi e’lon qilindi.

"Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashabbusi bilan suxandonlik va boshlovchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan yoshlarni aniqlash, ularga har tomonlama ko‘maklashish va rag‘batlantirish, yosh boshlovchi-suxandonlarning ijodiy salohiyatini amalga oshirish uchun tegishli shart-sharoit yaratish, o‘zbek adabiy tilining nufuzini yanada yuksaltirish, yuqori malakali suxandon va boshlovchi kadrlar tayyorlashning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida respublika "Yosh suxandonlar” tanlovini e’lon qildi", — deyiladi xabarda.

Tanlov ikki bosqichda tashkil etilib, unda nutq madaniyatini o‘zlashtirgan, boshlovchi-suxandonlik qobiliyatiga ega bo‘lgan 17 yoshdan 32 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniyat va sport ishlari boshqarmalarida 2017 yil 5 dan 18 fevralga qadar qabul qilinadi.

O‘zbekistonda yashab, ijod qilayotgan suxandonlik va boshlovchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan yoshlarrespublika "Yosh suxandonlar” tanlovida o‘z salohiyatlarini yana bir namoyon qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

G‘oliblarga "Diydor" rejissyorlik va aktyorlik mahorati teatr-studiyasi davlat muassasasi huzurida tashkil etiladigan "O‘zbek suxandonligi” kursida o‘qish, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi yoki xususiy teleradiokanallarda tegishli faoliyat yuritish uchun tavsiya beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekistonda "Yosh suxandonlar" tanlovi e’lon qilindi