14 101
Bollivud yulduzi Salmon Xon o‘lim bilan tugagan YTH uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Hindiston sudi Bollivud yulduzi Salmon Xonga uning o‘z avtomobilida boshpanasiz daydilarni bosib ketgani uchun 5 yil ozodlikdan mahrum etishga mahkum qildi. Jabrlanuvchilardan biri olingan jarohatlardan halok bo‘lgan, deb yozadi Kun.uz.
Yo‘l transport hodisasi 2002 yilning 28 senyatbrida Mumbayda yuz bergan. Aktyor o‘zining Toyota Land Cruiser avtomobilida ko‘chada uxlab yotgan 5 kishini bosib ketgan. 38 yoshli Nurulla Xon voqea joyida halok bo‘lgan. Yana 3 nafar kishi kichik jiddiy jarohatlar, yana bir kishi esa kichik jarohat olgan. Salmon Xonga qasddan qotillik qilish bo‘yicha ayblov qo‘yildi.
Ko‘p yililk tergovdan keyin Bollivud yulduzi sudda voqea yuz berganda rulda uning haydovchisi bo‘lganini ta’kidladi, biroq sud uning bu vajini qabul qilmadi. Tergov talqiniga ko‘ra, aktyor rulda mast holatda bo‘lgan.
Mamlakat qonunlariga binoan, u 10 yilgacha qamoq jazosiga tortilishi mumkin edi. Xon himoyasi chiqarilgan hukm ustidan shikoyat qilishni rejalashtirmoqda.
Salmon Xonning ba’zi hamkasblari uni qo‘llab-quvvatlamoqdalar. Agar aktyor qamaladigan bo‘lsa, unda bu holat aktyor hozirda ishtirok etayotgan bir nechta qimmatbaho kinoloyihalarga salbiy ta’sir etadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”