date

Farida “gender party”da kutilayotgan farzandining jinsini ma'lum qildi!

Farida “gender party”da kutilayotgan farzandining jinsini ma'lum qildi!

Mashhur aktrisa va bloger Marimova Farida o‘zining Instagram sahifasida muxlislari bilan quvonchli yangilikni bo‘lishdi. U yaqinlari davrasida tashkil etilgan “gender party” orqali kutilayotgan farzandining o‘g‘il yoki qiz ekanini ommaga ma’lum qildi.

Videoda Farida turmush o‘rtog‘i — Temur Alixonov bilan birga, ustida “Boy or Girl?” yozuvi tushirilgan katta karobkaning qopqog‘ini ochishadi. Hayajonli lahzada karobka ichidan bir nechta ko‘k rangdagi sharlar osmonga ko‘tarilib chiqadi.

Bu esa juftlik o‘g‘il farzand kutayotganini anglatadi 💙.

Mazkur video post ijtimoiy tarmoqlarda tezda ommalashib, minglab tomoshabinlar tomonidan tomosha qilindi. Kuzatuvchilar Farida va Temurni samimiy tabriklab, kelajakdagi chaqaloqqa ezgu tilaklar va iliq izohlar qoldirishdi.

Ushbu quvonchli voqea muxlislar qalbida iliq taassurot qoldirdi va yana bir bor Faridaning oilaviy baxti ko‘pchilik uchun quvonch manbai bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Farida “gender party”da kutilayotgan farzandining jinsini ma'lum qildi!