8 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda milliy kinematografiya sohasida tarqatilayotgan axborotlar “O‘zbekkino” Milliy agentligi tomonidan monitoring qilinganda “Daydi” nomli badiiy filmni jamoatchilik orasida targ‘ibot qilishda bir qator qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Bu haqda agentlik axborot xizmati rasmiy bildirish berdi, deyiladi "Diydoraziz" saytida.
“TIMUR FILM” MChJ tomonidan suratga olingan mazkur filmning treyleri, bannerlari va chiptalari chiqarilib, ularda mashhur kinoaktyor Morgan Frimanning Buyuk Britaniya va Janubiy Koreyalik kinoijodkorlar tomonidan 2014 yilda ishlab chiqarilgan «Last Knights» (“So‘nggi risarlar”) filmida suratga tushgan qiyofasi aks ettirilgan. Ammo aktyorning qiyofasi filmning agentlikka taqdim etilgan nusxasida bo‘lmagan.
Film ijodkorlari tomoshabinlarning talabini kuchaytirishga erishish maqsadida mashhur kinoyulduzini filmda suratga tushganligini bildiruvchi yolg‘on (chalg‘ituvchi) ma’lumotlar tarqatib, iste’molchilarning (tomoshabinlar) huquqlarini poymol qilgan.
Bu holat filmga nisbatan yuqori qiziqishni o‘yg‘otib, uni tomosha qilishga bo‘lgan talabning sun’iy ravishda oshishiga sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 6-moddasi talabiga ko‘ra ishlab chiqaruvchi iste’molchiga o‘zi realizasiya qilayotgan tovarlar haqida o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot berishi shart. Qonunning 23-moddasida davlat iste’molchilarning tovar sotib olishi va undan foydalanish chog‘idagi huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishi belgilangan.
Shuningdek, “TIMUR FILM” studiyasi “Daydi” filmida bir qator xorijiy filmlardagi kadrlardan foydalanib, O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuni 19-moddasi talabini ham buzgan. Vaholanki, Qonunning ushbu moddasiga ko‘ra, yuridik va jismoniy shaxslar muayyan asardan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishlari mumkinligi belgilangan.
Shulardan kelib chiqib, ushbu holatlar bo‘yicha Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga hamda Intellektual mulk agentligiga rasmiy taqdimnoma kiritildi.
Qayd etilgan masalalar mazkur davlat idoralari tomonidan ko‘rib chiqilguniga qadar “Daydi” filmini kinoteatrlarda taqdimotini o‘tkazish va keng namoyish qilishni to‘xtatib turish ko‘rsatmasi berildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi