date

Hande Erchelning o‘ta ozib ketishi muxlislarini jiddiy xavotirga soldi

Hande Erchelning o‘ta ozib ketishi muxlislarini jiddiy xavotirga soldi

Turk kino olamining eng mashhur va sevimli yulduzlaridan biri hisoblangan Hande Erchel navbatdagi bor muxlislari diqqat markazida qoldi. Aktrisa yaqinda Vogue jurnali muqovasi uchun maxsus fotosessiyada ishtirok etdi va suratga olish jarayonidan olingan kadrlarni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali obunachilariga taqdim etdi.

Biroq taqdim etilgan suratlarda muxlislarning e’tibori aktrisaning uslubi yoki obraziga emas, balki uning keskin ozib ketgani va avvalgidan ancha xasta ko‘rinishga ega bo‘lganiga qaratildi. Ko‘plab foydalanuvchilar Hande Erchelning juda ozg‘inlashib qolgani, rangi oqarib, charchoq alomatlari sezilayotganini ta’kidlab, xavotirli fikrlar bildirishdi.

Izohlarda turli munosabatlar paydo bo‘ldi. Ayrim muxlislar “u sog‘ emas, shifokor ko‘rigidan o‘tishi kerak” deya yozishgan bo‘lsa, boshqalar aktrisaning qo‘l-oyoqlarini “gugurt cho‘plariga o‘xshatib”, bunday holat normal emasligini qayd etdi. Hatto ayrim obunachilar bu holatni anoreksiya bilan bog‘lashga urinib, sevimli aktrisasini bunday ko‘rish ular uchun og‘ir ekanini ochiqcha tan oldi. “Bu suratlarda Hande o‘ziga umuman o‘xshamaydi”, degan fikrlar ham kam bo‘lmadi.

Odatdagidek, Hande Erchel bu gal ham salbiy yoki xavotirli izohlarga javob berishni lozim topmadi. Shu bilan birga, aktrisaning sog‘lig‘iga oid turli shubhalarni uning opasi — Gamze Erchel yaqinda bergan intervyusida rad etdi. U jurnalistlar bilan suhbatda singlisining hozirda o‘zini juda baxtli his qilayotganini, ular yaqinda birgalikda yoqimli ta’til o‘tkazganini va oila davrasida dam olganini alohida ta’kidladi.

Ma’lumot o‘rnida, Hande Erchel 1993 yil 24 noyabrda Turkiyaning Balikesir viloyati, Bandirma shahrida tug‘ilgan. U oilada ikki farzandning kichigi bo‘lib, opasi Gamze Erchel ham aktrisa va model sifatida tanilgan. Hande “Qalbim eshigini qoq”, “Halqa”, “Azize”, “Ichimdagi begona” kabi seriallar orqali keng ommaga mashhur bo‘lgan. So‘nggi yillarda esa u nafaqat serial yulduzi, balki moda, reklama va ijtimoiy tarmoqlarda katta auditoriyaga ega bo‘lgan inflyuyenser sifatida ham e’tirof etilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Hande Erchelning o‘ta ozib ketishi muxlislarini jiddiy xavotirga soldi