date

Hideo Kodzima ijod men uchun yashash tarzi

Hideo Kodzima ijod men uchun yashash tarzi

Afsonaviy geymdizayner Hideo Kodzima ijodga munosabati haqida gapirib, uni noodatiy iste’dod sifatida ko‘rmasligini aytdi. Uning fikricha, yangi g‘oyalar yaratish jarayoni kundalik ehtiyojlar — uxlash yoki ovqatlanish kabi tabiiy holat. Bu haqda playground.ru xabar beradi.

Kodzima Wired nashriga bergan intervyusida muxlislar savollariga javob qilar ekan, undan kreativlikni kasbiy emas, insoniy ma’noda qanday tushunishi so‘raldi. U aniq, hammaga mos ta’rif berish qiyinligini tan olgan bo‘lsa-da, o‘zi uchun ijod “alohida kayfiyat” ham, kamyob sovg‘a ham emasligini ta’kidladi.

Muallifning aytishicha, u uyg‘ongan zahoti fikrlash rejimiga kiradi va uyquga ketguncha to‘xtamaydi. G‘oya paydo bo‘lishi bilan uni darhol ko‘z oldiga keltiradi, konsepsiya sifatida shakllantiradi va imkon qadar tezroq amaliy ishga aylantirishga urinadi.

Kodzima bunday tafakkur usuli faqat unga xos emas, ko‘plab ijodkorlarda uchrashini ham qo‘shimcha qildi. Uningcha, ijodiy fikrlash doimiy jarayon bo‘lib, odamni oldinga yetaklaydigan ichki mexanizmga o‘xshaydi.

Shuningdek, u ijodni kundalik hayotidan olib tashlasa, odatdagi ritmda yashashning o‘zi qiyinlashishini aytdi. Kodzimaga ko‘ra, ijod uning shaxsiyatiga “o‘rnatilgan” va shu bois u buni alohida hayratga loyiq noyob hodisa sifatida qabul qilmaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Hideo Kodzima ijod men uchun yashash tarzi