date

Fallout serialining 3-mavsumi suratga olinishi mayda boshlanadi

Fallout serialining 3-mavsumi suratga olinishi mayda boshlanadi

Amazon MGM Studios postapokaliptik “Fallout” seriali muxlislarini kutilmagan yangilik bilan xursand qildi: uchinchi mavsum suratga olish ishlari bu bahorning o‘zidayoq start oladi. Bu esa avval e’lon qilingan muddatdan ancha erta. Bu haqda playground.ru xabar beradi.

Oradan bir necha hafta o‘tmay, serialning ijrochi prodyuseri Jonatan Nolan jamoa suratga olishni yoz oylarida boshlashga umid qilayotganini aytgandi. Biroq endi ma’lum bo‘lishicha, ishlar 1-may kuni Kaliforniyaning Santa-Klarita shahrida boshlanadi. Bunday jadval o‘zgarishi Amazon mavsumlar orasidagi tanaffus cho‘zilib ketmasligi uchun ishlab chiqarishni tezlatishga urinayotganini ko‘rsatadi.

Rejissyorlik kursisiga yana Fred Toye qaytadi. Bu qaror ilk ikki mavsumda shakllangan vizual uslub va hikoya davomiyligini saqlab qolishga xizmat qiladi. Film and Television Industry Alliance ma’lumotiga ko‘ra, Toyening “janr tajribasi” serial yaratgan ulkan postapokaliptik olamni yanada kengaytirishda muhim rol o‘ynaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Fallout serialining 3-mavsumi suratga olinishi mayda boshlanadi