
Xonanda Hulkar Abdullaeva o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida o‘zining “Lazgi” qo‘shig‘ini xorijlik xonandalar ijro etayotgani haqida ma’lum qildi, deb yozadi Darakchi nashri.
Jumladan, xonanda o‘z sahifasida qoldirgan havolada isroillik xonandalardan biri “Lazgi”ni maromiga etkazib ijro etganini ko‘rish mumkin.
Aslida bu video Youtube'ga 2016 yilda joylashtirilgan. Biroq u e’tibordan chetda qolgan edi.
“Qo‘shiqlarimni butun dunyoda kuylashyapti. Isroillik qiz ham meni ‘Lazgi’ klipimdagi raqsimga o‘xshab raqs tushib, qo‘shig‘imni aytyapti. Lazgilar ko‘p, har bir san’atkor o‘zi lazgi musiqasiga so‘z yozdirib, o‘ziniki qilib aytadi. Bu qiz esa aynan mening lazgimni aytibdi”,—deb yozadi Hulkar Abdullaeva.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar