
Ispaniya chempionatining 24-turidan o‘rin olgan "Atletiko" hamda "Barselona" klublari o‘rtasidagi uchrshuv nihoyasiga etdi.
Unda 1:2 hisobi qayd etilib, kataloniyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yin kutilganidek shiddatli hujumlar bilan boshlandi. Jamoalar birinchi bo‘limda darvozalar dahlsizligini saqlab qola olishdi.
Ikkinchi bo‘limda, aniqrog‘i 64-daqiqa Rafinya "Barsa"ni oldinga olib chiqdi. Ammo, oradan olti daqiqa o‘tar-o‘tmas Godin hisobni tenglashtirdi.
Ammo, Messi bu kecha baribir o‘z so‘zini aytdi va 86-daqiqada juda muhim golni urishga erishdi.
Shu tariqa "Barselona" navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi va uch ochkoga ega bo‘ldi.
Ispaniya chempionati, 24-tur
Atletiko – Barselona 1:2
Gollar: 0:1 – 64 Rafinya, 1:1 – 70 Godin, 1:2 – 86 Messi.
Atletiko – Oblak, Savich, Filipe Luis, Vrsalko, Godin, Gabi, Saul, Koke, Ferreyra Karrasko (Torres, 68), Grizmann, Gameyro (Korrea, 72).
Barselona – ter Stegen, Umtiti, Pike, Mate (Din, 77), Serdji Roberto (Andre Gomesh, 85), Rafinya, Buskets, Inesta (Rakitich, 71), Neymar, Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Buskets (55), Saul (56), Savich (65), Gabi (73), Korrea (74), Messi (82). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar