date

Dubai Opera sahnasida Tamerlano operasi xalqaro premyerasi bo'lib o'tdi

Dubai Opera sahnasida Tamerlano operasi xalqaro premyerasi bo'lib o'tdi

2026 yil 10 yanvar kuni Dubai Opera sahnasida Georg Fridrix Hendelning barokko davriga mansub “Tamerlano” operasi yangi talqinda xalqaro miqyosda namoyish etildi. Spektakl taniqli italiyalik rejissyor Stefano Poda sahnalashtirgan loyiha doirasida taqdim etildi. Bu haqda uzdaily.uz xabar beradi.

Asar O'zbekiston Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilib, original musiqiy va badiiy yaxlitlikni saqlagan holda zamonaviy sahna yechimlari hamda dinamik dramaturgiya bilan boyitildi.

Hendel musiqasi kompozitor Kirill Rixter mualliflik yondashuvida yangrab, unga o'zbek milliy cholg'ulari ohanglari qo'shildi. Bu esa spektaklga turli madaniyatlarni bog'lovchi o'ziga xos rang-baranglik bag'ishladi.

Premyerada O'zbekiston Milliy simfonik orkestri (dirijyor — Alibek Kabdurahmonov), O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan xor jamoasi, xalq cholg'ulari orkestri hamda 160 dan ortiq ijodkor ishtirok etdi. Bosh partiyani O'zbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazov ijro qildi.

Xalqaro yakkaxonlar tarkibida ispan tenori Xuan Sancho, argentinalik soprano Veronika Kanxemi, shuningdek, aktrisa Yulduz Rajabova ham sahnaga chiqdi. Dubai Opera’dagi ushbu premyera O'zbekistonning madaniy diplomatiyasida muhim voqea sifatida e'tirof etilib, milliy ijrochilik maktabining yuqori saviyasini va uning jahon opera maydoniga uyg'un kirib borayotganini namoyon qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Dubai Opera sahnasida Tamerlano operasi xalqaro premyerasi bo'lib o'tdi