date

Nasafiy muxlislariga yangi sovg‘a: “Muhabbat” bugun premyera bo‘ladi

Nasafiy muxlislariga yangi sovg‘a: “Muhabbat” bugun premyera bo‘ladi

Xonanda Nasafiy navbatdagi yangi qo‘shig‘ini qachon taqdim etishini ma'lum qildi. Uning “Muhabbat” deb nomlangan yangi taronasi bugun, 5 fevral kuni soat 17:00 da YouTube platformasida premera qilinadi.

Mazkur yangilik xonandaning ijodini sevib tinglaydigan muxlislar uchun yana bir quvonchli xabar bo‘ldi. Aytilishicha, “Muhabbat” qo‘shig‘i sevgi tuyg‘ulari, samimiy his-kechinmalar va qalb izhorlarini ifodalaydi.

Tarona matni va musiqasi muallifi — Nasafiyning o‘zi, ya’ni Aziziddiyn Akmalov hisoblanadi. Mualliflik ishi bo‘lgan ushbu qo‘shiq xonandaning ijodiy dunyosi va musiqiy uslubini yanada yorqin namoyon etishi kutilmoqda.

Yangi tarona qisqa fursat ichida muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otishi va tez orada sevimli qo‘shiqlardan biriga aylanishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Nasafiy muxlislariga yangi sovg‘a: “Muhabbat” bugun premyera bo‘ladi