date

Shahzod Sultonov dididagi qiz qanday bo‘lishi kerak?

Shahzod Sultonov dididagi qiz qanday bo‘lishi kerak?

Taniqli aktyor Shahzod Sultonov turmush o‘rtog‘ini tanlashda qaysi jihatlarga ko‘proq ahamiyat berishini ochiq aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “chiroy muhim emas” degan gapni u o‘zicha qabul qilmaydi — aksincha, uchrashuvga chiqqanida qiz avvalambor didiga mos kelishi kerak.

Aktyor faqat tashqi ko‘rinish bilangina cheklanmasligini ham ta’kidladi. Uning uchun qizining dunyoqarashi, fe’l-atvori, muomala madaniyati ham juda muhim. Xususan, Shahzod ayol kishi gapirar ekan, har bir so‘zini o‘ylab aytsin, savol bersa ma’noli va o‘rinli savol bersin, deb hisoblaydi. Shuningdek, u “ayollik chegarasi” degan tushunchaga ham qat’iy qaraydi — uning fikricha, bu chegaradan chiqmaslik kerak.

Yana bir muhim talab — uy-ro‘zg‘or masalasi. Shahzod aytishicha, ba’zi qizlar uy ishlariga umuman qo‘l urmaydi. U esa erkak bo‘lsa ham ko‘p ishni o‘zi qiladi: sport kiyimlarini kir mashinasiga soladi, uyda chang ko‘rsa o‘zi artib, tozalaydi. Shu sabab u “agar turmushdan keyin ham barcha ish o‘zimning zimmamda qolsa, unda uylanishning ma’nosi nima?” degan fikrni bildirgan.

Qisqasi, aktyorning qarashicha, oilada ham erkak, ham ayol o‘z o‘rni va vazifasini bilib yashasa, turmush ham barakali, ham osoyishta bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Shahzod Sultonov dididagi qiz qanday bo‘lishi kerak?