date

Aktrisa Bahora Arslonova ilk bor chaqalog‘i bilan klipda suratga tushdi

Aktrisa Bahora Arslonova ilk bor chaqalog‘i bilan klipda suratga tushdi

Aktrisa Bahora Arslonova chaqalog‘i bilan birga klip suratga olish jarayonida ishtirok etdi. U bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qilib, farzandi uchun bu ilk rol ekanini ta’kidladi.

Aktrisaning aytishicha, u farzandlari suratga tushganida ular uchun ham alohida gonorar so‘raydi. Sababi, bu mablag‘ bolalarning ehtiyojlari — pampers va bo‘tqalar kabi zarur narsalar uchun sarflanadi.

Bahora Arslonova rejissyorlar bolali rollarga farzandlarini taklif qilganida, ular uchun ham haq to‘lanishi kerakligini aytishini bildirgan. U avval katta o‘g‘li va qizi suratga tushganida har biri uchun bir million so‘mdan gonorar olganini ham ochiqladi.

Shuningdek, aktrisa yaqinda “Qizim Safiya bilan syomkadamiz, qizimning birinchi roli” degan izoh qoldirib, chaqalog‘i bilan suratga olish jarayonidan lavhalarni ulashgan. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar e’tiborini tortdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Aktrisa Bahora Arslonova ilk bor chaqalog‘i bilan klipda suratga tushdi