date

“Yilning eng yaxshi qiziqchisi” kim bo‘ldi? Muxlislar bahsi avj oldi

“Yilning eng yaxshi qiziqchisi” kim bo‘ldi? Muxlislar bahsi avj oldi

2025 yilda “Yilning eng yaxshi qiziqchisi” nominatsiyasi bo‘yicha bir nechta mashhur ijodkorlar nomzod sifatida ko‘rsatildi. Ushbu yo‘nalishdagi asosiy nomzodlar ro‘yxatidan Elmurod Haqnazarov, Mirshakar Fayzullayev hamda Avaz Oxun joy oldi.

Yakunda, hay’at qaroriga ko‘ra, “Yilning eng yaxshi qiziqchisi” mukofoti Elmurod Haqnazarovga topshirildi.

Biroq ushbu natija ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Izohlarda ko‘plab muxlislar bu mukofotga Avaz Oxun ko‘proq munosib bo‘lganini yozib, o‘z fikrlarini bildirishdi. Ayrim foydalanuvchilar esa uning sahnadagi chiqishlari, tomoshabinlar bilan bevosita muloqoti va so‘nggi paytlardagi faolligini alohida e’tirof etishdi.

Shu tariqa, “Yilning eng yaxshi qiziqchisi” mukofoti atrofida turli qarashlar paydo bo‘lib, tomoshabinlar orasida qiziqarli bahs-munozaralar yuzaga keldi.

Bundan ham qiziq holat shundaki, Elmurod Haqnazarov ushbu mukofotni shaxsan o‘zi qabul qilib olmadi. Bu haqda qiziqchi holatga izoh berib, quyidagilarni aytdi:

— O‘zim safarda bo‘lganim sababli marosimda ishtirok eta olmadim. Barcha muxlislarimizga chin dildan minnatdorchilik bildiraman, — dedi u.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » “Yilning eng yaxshi qiziqchisi” kim bo‘ldi? Muxlislar bahsi avj oldi