Dizayn jamoasining a’zosi Dilshodbek Musabekov vafot etdi

O‘zbekiston san’ati va kulgu olami yana bir og‘ir judolikni boshdan kechirdi. «Dizayn» shou jamoasi a’zosi, ko‘plab muxlislar mehrini qozongan Dilshodbek Musabekov 13 fevral kuni olamdan o‘tdi.
Marhum o‘zining sahnadagi tabiiyligi, samimiy chiqishlari va yodda qoladigan hazillari bilan tomoshabin qalbidan joy olgan edi. Uning vafoti nafaqat yaqinlari, balki minglab muxlislar uchun ham katta yo‘qotish bo‘ldi.
Ayrim manbalarda Dilshodbek Musabekov 50 yoshida vafot etgani ham qayd etilgan. Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ham hamkasblari va muxlislaridan ta’ziya va xotira so‘zlari ko‘paydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing