Munisa Rizayeva: “Rayhon haqida izoh bermoqchi emasman”

Xonanda Munisa Rizayeva Darakchiga bergan intervyusida Rayhon G‘aniyeva bilan munosabatlari haqidagi savolga oydinlik kiritdi.
Jurnalist tomonidan:
— “Siz va Rayhon yaqin dugona edingiz. To‘yingizdan keyin chaqirdi yoki chaqirmadi degan turli gap-so‘zlar tarqaldi. Shu masalaga o‘zingiz aniqlik kiritsangiz”, — degan savol berildi.
Xonanda esa bunga quyidagicha javob qaytardi:
— Biz dugonalik munosabatlarimizni ancha oldin to‘xtatganmiz. Mening o‘z yo‘lim bor, uning ham o‘z yo‘li bor. Umuman olganda, Rayhon haqida izoh bermoqchi emasman. U o‘zi uchun biladi nima qilganini, men ham o‘zim uchun bilaman nima qilganini.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing