Иззатилла Шукуров 28 ёшини нишонлади

Izzatilla Shukurov 28 yoshga to‘lganini Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi. Xonanda sahifasiga maxsus video-post joylab, uning ostiga ingliz tilida “Happy 28th birthday to me!” (“28 yoshim muborak bo‘lsin!”) degan izoh qoldirdi.
Mazkur video qisqa fursatda muxlislar e’tiborini tortdi. Izzatilla Shukurovning ijodini sevib kuzatib borayotgan muxlislar izohlarda uni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, mustahkam sog‘lik, ijodiy yutuqlar va yangi qo‘shiqlar tilashdi. Ayrim muxlislar esa xonandaning kelgusi faoliyatida yanada katta sahnalar va yorqin muvaffaqiyatlar tilab, iliq fikrlarini bildirdi.
Xonandaning otasi Tojivoy Shukurov ham o‘z sahifasida o‘g‘lini tavallud kuni bilan tabriklab post joyladi. Unda u avvalo turmush o‘rtog‘iga shunday farzandlarni dunyoga keltirgani uchun minnatdorchilik bildirib, unga chiroyli gullarga to‘la savat taqdim etgani, shuningdek, o‘g‘lini ham tug‘ilgan kuni bilan chin dildan tabriklab, sovg‘a topshirgani aks etgan video joylangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!