
O‘zbek rejissyori tomonidan suratga olingan Amir Temur haqidagi filmda Gollivudning mashhur aktyorlari Vinsent Kassel hamda Armand Assante rol ijro etishdi.
“Ulug‘ Bek. Mashaqqatlar aro yulduzlar tomon” kartinasi bir necha yillardan beri AQShda yashab kelayotgan rejissyor, klipmeyker Bahodir Yo‘ldoshev tomonidan suratga olingan. Filmda Gollivud aktyorlaridan tashqari, Javohir Zokirov, Ma’ruf Otajonov ishtirok etgan.
Kartinaning premerasi yaqin kunlarda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Bahodir Yo‘ldoshev o‘zining bir-biridan ajoyib filmlari, kliplari bilan mashhur.
Xususan u rossiyalik qo‘shiqchi Nyushaning “Sunami”, “Balandroq”, “Adashtirma” kabi qo‘shiqlariga klip suratga olgan. Shu bilan birga Leonid Agutin, Maksim, “A-Studio", “Refleks” guruhlari, o‘zbek estradasi vakillaridan Shahzoda, So‘g‘diyona kabilar bilan ijod qilgan.
Rejissyorning “O‘lim farishtasi”, “Jannatdagi bo‘ri bolasi” kabi filmlari unga omad keltirmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar