date

Rayhon Munisa haqidagi savolga samimiy javob berdi

Rayhon Munisa haqidagi savolga samimiy javob berdi

Xonanda Rayhon G‘aniyeva "IntervyuTV" ko‘rsatuvining navbatdagi sonida mehmon bo‘ldi. Suhbat davomida boshlovchi undan "Xonanda Munisa Rizayevaning qo‘shiqlarini tinglab turasizmi, so‘nggi qo‘shig‘i eshitdingizmi?" deya so‘radi.

Rayhon savolga biroz o‘ylanib javob berdi:

— Rostini aytsam, Munisaning oxirgi qo‘shig‘ini hali eshitmadim. Uni qanaqadir ma'noda biroz tushunmadim. U juda hissiyotga beriladigan, emotsionalniy odam. Balki aynan shuning uchun shunday qilgandir.

Shuningdek, xonanda har bir insonning hayot yo‘li alohida bo‘lishini ham ta’kidladi:

— Mening alohida yo‘lim bor, uning ham alohida yo‘li bor. Mening o‘z oilam bor, uning ham o‘z oilasi bor. Eng muhimi, ikkalasi ham baxtli bo‘lsin. Men ularga faqatgina baxt tilayman, — dedi Rayhon.

Xonandaning bu mulohazali va samimiy javobi tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Rayhon Munisa haqidagi savolga samimiy javob berdi