date

Xonanda Yildiz Tilbe har kuni 12 ming kishiga iftor dasturxonini yozadi

Xonanda Yildiz Tilbe har kuni 12 ming kishiga iftor dasturxonini yozadi

Turkiyalik mashhur xonanda Yildiz Tilbe G‘azo va boshqa inqiroz avj olgan hududlarda yirik yordam marafonini yo‘lga qo‘ydi. Xonanda Ramazon oyi davomida har kuni G‘azoda qurolli to‘qnashuvlar oqibatida ochlikdan qiynalayotgan 12 ming kishiga iftor dasturxonini yozib bermoqda.

Qayd etilishicha, Tilbe muhtojlarga iftor uchun issiq taomlarni nodavlat tashkilotlar orqali yetkazadi, iftor tadbirlarini moliyalashtirish bo‘yicha bosqichlarni esa allaqachon yakunlab bo‘lgan.

Xonanda bu xayrli ishni faqat bir mintaqa bilan cheklamay, “Har bir uyda issiq ovqat bo‘lishi kerak!” degan shior ostida keng geografik hududda muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zmoqda. Yordam ishlari Yaman, Suriya, Afg‘oniston, Sharqiy Turkiston (Xitoyning Shinjon viloyati), Efiopiya, Janubiy Sudan, Arakan va Kashmir kabi hududlarga ham yetkazilishi rejalashtirilgan.

Ramazon iftori dasturxonining tashkiliy qismi Tilbe nomidan Quddus ko‘ngillilari uyushmasi tomonidan yuritilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Xonanda Yildiz Tilbe har kuni 12 ming kishiga iftor dasturxonini yozadi