date

Yorqinxo‘ja Umarovdan kutilgan “Kelinchak” qo‘shig‘i taqdim etildi (audio)

Yorqinxo‘ja Umarovdan kutilgan “Kelinchak” qo‘shig‘i taqdim etildi (audio)

Xonanda Yorqinxo‘ja Umarov kecha, 28 fevral kuni yaqin kunlarda premyera qilinishi aytilgan “Kelinchak” nomli yangi taronasini muxlislar e’tiboriga havola qildi. Ayni paytda qo‘shiqni xonandaning rasmiy YouTube sahifasida to‘liq holda tinglash mumkin.

Ma’lum qilinishicha, “Kelinchak” qo‘shig‘ining ta’sirli va samimiy so‘zlari shoir Farruh Kamolov qalamiga mansub. Ushbu taronaning musiqasi esa bastakor Jasur Badalbayev tomonidan yaratilgan.

Yangi qo‘shiq oilaviy qadriyatlar, muhabbat va baxtli hayot orzusi mavzusini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, ijrosida xonandaning ovozi yanada samimiy va hissiyotlarga boy tarzda namoyon bo‘lgani ta’kidlanmoqda. Muxlislar esa taronani iliq qabul qilib, uni to‘y va bayram marosimlari uchun mos qo‘shiq sifatida baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Yorqinxo‘ja Umarovdan kutilgan “Kelinchak” qo‘shig‘i taqdim etildi (audio)