Rayhon onalik va ish orasidagi ichki iztiroblarini ochiq aytdi

Xonandadan “Oldin ish va onalik o‘rtasida muvozanat topish siz uchun qiyin bo‘lganini aytgandingiz. Hozir bu masala qanday?” deya so‘raldi.
Rayhon esa, “Hozir ham xuddi shunday. Hali ham qiyin, hali ham ichimda juda katta iztirob bor.
Mana, hatto hozir ham men shu yerda bo‘lsam, ichimda juda kuchli aybdorlik hissi bor — bolalarim u yerda yolg‘izdek tuyuladi. Bilmayman, bu bolaligimdan kelayotgan ichki hislarmi yoki shunchaki farzandlarim tez ulg‘ayayotganini tushunayotganimdandir. Ular juda tez katta bo‘lib ketishyapti. Men esa ularning kichkina paytlarini juda sog‘inaman.
Hozir farzandlarim allaqachon ulg‘aygan. Masalan, Islom mendan ham bo‘yi uzun. Va buni anglash menga qiyin — ular endi o‘smirlar, deyarli katta insonlar.
Men ularning kichkinaligini juda sog‘inaman. Va bilmayman, qanday qilib to‘g‘ri yo‘l tutish kerak edi: ishlash kerakmi yoki yo‘qmi. Ishlamaslikning iloji yo‘q, lekin ishlash ham oson emas. Bu savol haligacha men uchun juda og‘ir.
Va shu aybdorlik hissi hanuz meni tark etgani yo‘q. Chunki men ularga hammasini bermoqchiman — o‘zimda bo‘lmagan narsalarni berishni xohlayman”, deb javob berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!