Rayhon estradadagi o‘zgarishlardan xavotir bildirdi

Xonandaga savol berildi: “Hozirgi vaqtda O‘zbekiston musiqa sanoati haqida nima deb o‘ylaysiz?”
Rayhon shunday javob berdi:
“Oldin juda zamonaviy musiqalar yaratish juda zo‘r edi. O‘sha paytda estrada milliy musiqa va zamonaviy musiqaga bo‘linardi. Zamonaviy musiqada ishlagan ijodkorlarning barchasi nimanidir zo‘r qilishga intilardi, yangi tendensiyalarni kuzatib borardi. Har biri o‘z uslubini himoya qilardi: "Bu mening uslubim" deb turardi. Hammaning maqsadi zamonaviy bo‘lish edi.
Bilmayman, nega shunday bo‘lib qoldi, lekin hozir hech kim zamonaviy tendensiyalarini kuzatishni xohlamaydi va zamonaviy musiqa yaratishga ham intilmayapti. Natijada musiqa o‘zining dolzarbligini yo‘qotib qo‘ydi. Bu esa menga yoqmaydi. Odamlar zamonaviy musiqani tinglashni ham to‘xtatib qo‘yishdi.
Rostini aytsam, ba’zida boshqacha, yangi narsalar qilishni xohlaysiz, lekin bu ishlamaydi, hit bo‘lmaydi. Shu sababli men bundan juda xavotirdaman va afsusdaman."
"Boshqa artistlar haqida esa umuman gapirmoqchi emasman. Bunga haqqim yo‘q. Har kim o‘zi uchun gapirsin”, deb fikrini yakunladi xonanda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!