Rayhon bolaligida balerina bo‘lishni orzu qilgan

Xonanda Rayhon "No Filter" ko‘rsatuvidagi suhbati davomida bolaligida balerina bo‘lishni orzu qilgani, u bu yo‘l oson emasligini bilsa-da, o‘z maqsadi sari borish uchun hamma narsaga tayyor bo‘lgani, balet maktablarida intizom juda qat’iy bo‘lishini, ba’zan hatto qattiq muomala qilishlari ham mumkinligini u yaxshi tushunganini aytib berdi.
Shunga qaramay, Rayhon bu san’atga shunchalik qiziqqanki, uyida ham oddiy tapochkalar o‘rniga baletchilarga xos po‘antlarda yurishni mashq qilgan.
Biroq uning onasi bu qarorga qat’iy qarshi bo‘lgan. U qizini ogohlantirib:
“Agar balerina bo‘lishni istasang, avvalo pianino chalishni o‘rganishing kerak”, deb shart qo‘ygan.
Aynan shu talab Rayhon hayotida muhim burilish bo‘lgan. Natijada u nafaqat baletga, balki musiqa san’ati va mehnatga ham chuqur mehr qo‘ygan. Keyinchalik aynan shu saboq uning ijodiy yo‘liga mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!