date

Rayhon: "Bolaligim o‘yin emas, tinimsiz mehnat edi"

Rayhon: "Bolaligim o‘yin emas, tinimsiz mehnat edi"

Xonanda Rayhon yaqinda “No Filter” dasturiga intervyu berdi va bolaligi haqida samimiy fikrlarini bo‘lishdi. U aytishicha, uning bolaligi oddiy bolalikdek emas edi. U doim faol edi: avval bog‘chaga qatnash, keyin prodlyonka, undan keyin esa musiqa maktab-internatida ta’lim olgan.

Har kuni o‘qish, pianino chalish, mashqlar qilish va doimiy rivojlanish – buning barchasi uning kundalik hayotining ajralmas qismi bo‘lgan. Oddiy bolalar kabi hovlida bemalol o‘ynash, ko‘p dugonalar bilan vaqt o‘tkazish imkoniyati esa deyarli bo‘lmagan.

Ammo aynan shu qiyinchiliklar uni mustahkam, sabrli va hayotdagi turli sinovlarni yengishga tayyor qilgan. Rayhonning hikoyasi shuni ko‘rsatadiki, ba’zida bolalikdagi qattiq mehnat va cheklovlar keyinchalik insonning muvaffaqiyat sari intilishida eng katta yordamchi bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Rayhon: "Bolaligim o‘yin emas, tinimsiz mehnat edi"